Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Latviya bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Latviya bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Temur Raxmonov ushbu mamlakat ichki ishlar vaziri Rixards Kozlovskis bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Vazir Rixards Kozlovskis O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish va oldini olish borasidagi katta tajribani to‘plangani ta’kidlash barobarida, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Xususan, yaqin istiqboldagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida 2025 yilning birinchi yarimida ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi uyushgan jinoyatchilik, narkotik, prekursorlar va psixotrop moddalar noqonuniy aylanishini oldini olish bo‘yicha qo‘shma komissiyasi yig‘ilishini Riga shahrida tashkil etish taklifi bildirildi.

Shuningdek, yoshlar jinoyatchiligini oldini olish, IT-sohada jinoyatchilikka qarshi kurashish, iqtisodiy jinoyatlar va ekspertiza kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi qayd etildi.

Kiritildi: 10:36 01.10.2024. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!