AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp investor va milliarder Tomas Barrakni Turkiyadagi elchi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi.
Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Tom Barrak Turkiyadagi navbatdagi elchimiz bo‘lishini mamnuniyat bilan e’lon qilaman," - deya uning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.
Agentlikning ta’kidlashicha, Barrak AQShning eng boy 500 kishisi qatoriga kiradi va uning boyligi 1 milliard dollardan oshadi.