Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston korrupsiya reytingida nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston korrupsiya reytingida nechanchi o‘rinda?

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Korrupsiyani tasavvur qilish 2019” indeksi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 25 ball bilan 5 pog‘onaga yuqoriladi va 153-o‘rinni egalladi.

Jahon miqyosida o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlaridan, Gruziya (56-ball), Belorussiya (45-ball) va Chernogoriya (45-ball) qayd etilgan. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlaridan: Turkmaniston 19-ball, O‘zbekiston va Tojikiston 25-balldan to‘plashdi.

2012 yildan boshlab Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekiston “Korrupsiyani tasavvur qilish” indeksi bo‘yicha o‘z pog‘onalarini sezilarli darajada yaxshilab kelmoqda.

Transparency International tashkilotining 2019 yil hisobotiga ko‘ra, quyidagi davlatlarda korrupsiya hodisasi deyarli kuzatilmayotganligini aniqlangan: Daniya va Yangi Zelandiya 1-o‘rin (87 balldan), Finlyandiya 3 o‘rin (86), Singapur, Shvesiya va Shveysariya 4-o‘rinni (85 balldan) egallab ijobiy natija ko‘rsatishdi.

“Korrupsiyani tasavvur qilish” indeksi 1995 yildan boshlab dunyoning barcha mamlakatlarida davlat sektorida korrupsiya darajasini aniqlash bo‘yicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0 (eng yuqori) 100 (eng past) shkala bo‘yicha baholanadi. Shuningdek, ushbu indeks Jahon banki, World Justice Project, Afrika taraqqiyot banki, Economist Intelligence Unit  va boshqa mustaqil va taniqli institutlar tomonidan ishlab chiqariladigan korrupsiyaga oid ma’lumotlarining turli manbalarini yig‘ish orqali baholanadi.

 

Kiritildi: 15:57 23.01.2020. O'qildi: 3508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!