Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ukrainalik ayol uzun sochi bilan dunyo rekordini yangiladi

Ukrainalik ayol uzun sochi bilan dunyo rekordini yangiladi

Ukrainalik Aliya Nasirova eng uzun soch egasi sifatida tan olinib, jahon rekordini yangiladi. Uning sochlarining uzunligi 257 santimetrga yetgan

Hozirda Slovakiyada yashovchi, rassom, grafik illyustrator va model sifatida ishlayotgan 35 yoshli Aliya o‘zining g‘ayrioddiy uzun jingalak sochlariga g‘amxo‘rlik qilish sirlari bilan bo‘lishdi: u haftada bir marta sochlarini yuvadi va maxsus niqob bilan namlaydi, unga taxminan ikki soat vaqt sarflaydi.Aliya sochlarini fen yordamida quritmaydi. Shuningdek, u doim bosh terisini yog‘lar bilan massaj qilishii ta’kidladi.

“Sochlarim quriganidan keyingina tarayman, bu yuvgandan keyingi kun bir soat, boshqa kunlarda esa 30 daqiqa davom etadi”, dedi u.

Kiritildi: 05:50 25.04.2024. O'qildi: 2164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!