Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi ta’siriga ko‘proq moyil mamlakatlardan...mi?

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi ta’siriga ko‘proq moyil mamlakatlardan...mi?

Butunjahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kungacha global yillik o‘rtacha havo harorati 1880 yildagi darajadan 1°C ga ortgan. O‘zbekistonda xuddi shu davr uchun o‘rtacha yillik havo harorati 1,6°S ga ko‘tarilgan. 

 

0001-001-Ekologicheskie-problemy-Zagrjaznenie-atmo.jpg

Bugun jahon hamjamiyati iqlim o‘zgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri ekanini tan oldi. XX asrga kelib, dunyo iqtisodiyoti keskin taraqqiy etdi, tabiat qonuniyatlariga bo‘ysunmaslik, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanmaslik kabi omillar atmosferaga behisob issiqxona gazlari chiqarilishiga, bu esa iqlim o‘zgarishiga olib keldi. Natijada Yer yuzining turli nuqtalarida fasllar almashinuvi, halokatli tabiyat hodisalari, jazirama, qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va boshqa ekologik muammolarga sabab bo‘lmoqda.

 

Ya’ni, isish jadalligi global miqyosda kuzatilayotgan o‘rtacha sur’atdan yuqori. Sababi, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

 

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, iqlim isishi ekotizimlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyati kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuviga, yil mobaynida jazirama davr davomiyligining ortishi va kuchayishi natijasida aholi o‘rtasida kasalliklarning ortishi, shuningdek, boshqa xavfli tabiat hodisalari – sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi, yuqori tog‘lardagi ko‘llarning o‘pirilishiga olib kelishi mumkin.

 

Ocean.jpg

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yilning 25 sentyabrda o‘tkazilgan navbatdagi majlisida Prezidentimizning qonunchilik tashabbusi huquqi asosida parlament quyi palatasiga kiritilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi “Parij bitimi” (Parij, 2015 yil 12 dekabr)ni ratifikasiya qilish to‘g‘risida»gi qonuni ma’qullangani mazkur muammolarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

 

1111327195eb56c90f246ce45b210e48_XL.jpg

 

Mazkur xalqaro bitim 2015 yil 12 dekabrda Parijda Birlashgan Millatlar Tashkilotiniing (BMT) iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (IO‘DK)ga bag‘ishlangan konferensiyaning 21-sessiyasida qabul qilinib, 2016 yil 4 noyabrda kuchga kirgan edi. Ushbu bitimni imzolagan 195 mamlakatning 180 tasi mazkur hujjat ishtirokchisi bo‘lsa, uni ratifikasiya qilmagan mamlakatlar kuzatuvchi maqomiga egadir. Kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan iqlimga doir dastur va loyihalarni moliyalashtirishda cheklovlar qo‘llaniladi. O‘zbekiston 2017 yil 19 aprelida BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida Parij bitimini imzolagan, biroq hozirgi vaqtga qadar ushbu bitimni ratifikasiya qilmagandi.

 

image-wide-1.jpg

 

Mazkur bitimning maqsadi sayyoramizda global isishni industrial rivojlanish davridagi o‘rtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi bo‘yicha 2°S ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°S gacha o‘sishini cheklashga harakat qilishdan iborat. Shuningdek, Bitimda rivojlangan mamlakatlarning taraqqiy etayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishining oldini olish va unga moslashish borasidagi sa’y-harakatlarida qo‘llab-quvvatlash majburiyati yuklatilgan. 2020 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlari va ustuvorliklarini e’tiborga olib, moliyaviy ko‘makni 100 milliard AQSh dollariga yetkazishga qaror qilingan. Hozirgi vaqtda maxsus jamg‘arma umumiy qiymati 1,5 milliard AQSh dollari bo‘lgan 35 ta loyihani moliyalashtirmoqda. Ularning orasida O‘zbekiston va Tojikiston uchun Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oldini olish dasturi” loyihasini moliyalashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu grantning umumiy qiymati 20 million AQSh dollarga tengdir.

 

zx860y484_2390893.jpg

 

O‘zbekistonning Parij bitimida qatnashish nafaqat ekologik muammolarni bartaraf etishga, balki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Xususan, bitimda qatnashish investisiya resurslarini jalb qilish hamda xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning kreditlarini olish uchun indikator hamdir. Mazkur bitimga muvofiq, Iqlim sohasidagi harakatlar kelajakdagi savdo kelishuvlari uchun shart bo‘lishi ham mumkin. Fransiya hukumati Parij bitimiga a’zolikni Yevropa Ittifoqi savdo kelishuvlaridagi muhim element sifatida qabul qilish taklifini bildirdi. Bundan Yevropa Ittifoqi Parij bitimini ratifikasiya qilmagan yoki uni amalga oshirmayotgan mamlakatlar bilan boshqa savdo-sotiq qilinmasligini anglash mumkin.

O‘zA

Kiritildi: 14:31 03.10.2018. O'qildi: 7543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!