Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Koreya Respublikasi Adliya instituti o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Koreya Respublikasi Adliya instituti o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Mamlakatimiz Bosh prokuraturasi delegasiyasining Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Koreya Respublikasi Adliya vazirligi Adliya instituti rahbari Myong Chum-Shik bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot avvalida tomonlar 2019 yilda imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumi doirasida O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Koreya Respublikasi Adliya instituti o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladilar.

Bundan tashqari, suhbatdoshlar ikki davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Xususan, O‘zbekiston bosh prokurori atrof-muhitni muhofaza qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, axborot texnologiyalari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi.

O‘z navbatida, Koreya Respublikasi Adliya instituti rahbari O‘zbekiston tomonining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha, jumladan, O‘zbekiston prokuraturasi xodimlarining kasbiy tayyorgarligini oshirishga oid tadbirlarni tashkil etish orqali tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi delegasiyasining Janubiy Koreya Adliya instituti vakillari bilan uchrashuvi do‘stona va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tdi.

Kiritildi: 15:12 17.06.2023. O'qildi: 1227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!