Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Davlat boshqaruvida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash komissiyasining veb-sayti www.genkom.uz ishlab chiqildi.
Veb-saytda komissiya faoliyati, tarkibi, turli xalqaro va nodavlat tashkilotlar hamda davlat idoralari bilan hamkorligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu platformada O‘zbekistonda ayollarning huquqlarini ta’minlashning qonunchilik asoslari bo‘lgan muhim normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.