O‘zbekiston milliy jamoasi Al Ain international Cup o‘rtoqlik turniri finalida Eronni penaltilar seriyasida (0:0, pent- 4:3) mag‘lub etdi.
Eron MTJ 84 yillik tarixida biror marta bir jamoaga qarshi ketma-ket 6 marta bahs olib, shularning hech birida g‘alaba qozona olmaganlik holati kuzatilmagan. Ya’ni bitta jamoaga qarshi 6 ta o‘yinning kamida bittasida g‘alaba qozongan.
O‘zbekistonga qarshi so‘nggi 6 ta o‘yinda ular 4 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.