Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston «ERIELL» va «Enter Engineering» kompaniyalariga 5 yil ichida 35 milliard dollar tutqazganmidi? Masalaga oydinlik kiritildi

A A A
O‘zbekiston «ERIELL» va «Enter Engineering» kompaniyalariga 5 yil ichida 35 milliard dollar tutqazganmidi? Masalaga oydinlik kiritildi

«Ozodlik» radiosi o‘z surishtiruvlarida go‘yoki O‘zbekiston "ERIELL" va "Enter Engineering" kompaniyalariga 5 yil ichida 35 milliard dollar tutqazgani haqida ma’lumot bergan edi. Ushbu masala bo‘yicha «O‘zbeknetgaz» kompaniyasi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Bayonotda aslida qaysi kompaniyalarga qancha pul berilgan yoki berilmagani ochiqlangan.

Taniqli huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ham kompaniya rasmiy bayonoti, shuningdek, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda O‘zbekneftegaz rahbari Mehriddin Abdullayev ishtirokidagi uchrashuvdan kelib chiqib, zarur ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

«35 milliard dollar bu nima? Bu summaning 11 mlrd dollari O‘zbekistonda quriladigan AESga. Mana shu AESni yuqoridagi ikki kompaniyaga berishgan, deyilgan. Vazir aytdiki, bu bo‘lmagan gap. Sababi O‘zbekiston hali AES qurish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan, shu sababli uni kim qurishi ham aniqmas. Vazir bu faktni inkor qildi va o‘z-o‘zidan 11 mlrd dollar yo‘q bo‘ldi», — deydi Xudoyberdiyev.

Huquqshunos qolgan loyihalar haqidagi ma’lumotlarni ham birma-bir e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 9 ta loyihaning 6 tasi to‘liqligicha investor puli hisobiga. Bunga davlat hech qanday pul ajratmagan.

«Surishtiruvda 9 ta loyiha jami qiymati 23,4 mlrd dollar deyilgan edi. Lekin loyihaning umumiy dastlabki qiymati bu yakuniy summa emas. Boshida taxminiy hisoblashadi. Mana shu farq bizda yuzaga keldi, buni yo‘q deb hisoblasa ham bo‘ladi. Energetika vaziri bergan ma’lumotga ko‘ra 35 mlrdga da’vo qilingan summa aslida 17,06 mlrd dollarga tushdi. Shu pulni 10,1 mlrd dollari to‘liq investorlar summasi. Investor bu pulni qanday topadi, o‘ziga havola», — deya ta’kidladi huquqshunos.

Kiritildi: 18:14 16.02.2023. O'qildi: 5255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!