Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eronga qarshi urush yana bir necha hafta davom etishi mumkin

Eronga qarshi urush yana bir necha hafta davom etishi mumkin

AQSh davlat kotibi Marko Rubio arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqotda Vashingtonning Eronga qarshi harbiy operasiyasi yana bir necha hafta davom etishi mumkinligini bildirgan. Bu haqda Axios manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Rubio suhbatlar chog‘ida: «Urush yana bir necha hafta davom etishi kutilmoqda», degan.

Manbalarning aytishicha, hozirda AQSh harbiylarining asosiy e’tibori Eronning raketa uchirish moslamalari, qurol zaxiralari va harbiy zavodlariga qaratilgan.

Rubio ta’kidlashicha, AQShning asosiy maqsadi Eronda rejimni o‘zgartirish emas. Biroq Vashington mamlakatda boshqacha rahbariyatni ko‘rishni istashini ham qayd etgan.

Shuningdek, hozircha AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar olib borilmayapti. Chunki muloqotlar mavjud harbiy maqsadlarga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 21:55 06.03.2026. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!