Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eron davlati o‘z faoliyatini davom ettiradimi?

Eron davlati o‘z faoliyatini davom ettiradimi?

Biz Eron davlati o‘z faoliyatini davom ettirishini talab qilamiz, unda Suriya ssenariysi takrorlanishini istamaymiz — Germaniya kansleri.

Germaniya kansleri Fridrix Mers Eronda Suriya inqiroziga o‘xshash vaziyat takrorlanishini istamasligini bildirdi. Uning fikricha, AQSh va Isroilning Eron bilan mojarosi sabab mintaqadan yangi qochqinlar to‘lqini yuzaga kelishi mumkin.

«Biz hozircha vaziyatga yakuniy baho bera olmaymiz. Shuning uchun ham Eron mustaqilligini saqlab qolishga qat’iy talab qilyapmiz. Biz Eronda Suriya ssenariysi takrorlanishini istamaymiz. Aksincha, bu davlat mustaqil ravishda samarali faoliyat yuritishini xohlaymiz. Shu sabab men Vashingtonda ham, Isroil hukumati bilan bo‘layotgan barcha muzokaralarda ham bu mamlakatni barqarorlashtirish uchun sharoitlarni imkon qadar tezroq yaratishga chaqirmoqdaman. Eronda demokratik yo‘l bilan legitim hukumat shakllanishi va davlat sifatida faoliyatini davom ettirishi muhim», — dedi Mers.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!