Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Yekaterinburgdagi “Innoprom-2023” xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

A A A
O‘zbekiston Yekaterinburgdagi “Innoprom-2023” xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida “Innoprom-2023" xalqaro ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” stendi bilan ishtirok etmoqda.

Bu stendda O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi mamlakatning turizm salohiyatini ishtirokchi davlatlar o‘rtasida targ‘ib etmoqda.

Ta’kidlanishicha, ishtirokchi xorijiy turistik kompaniyalarga O‘zbekistonning boy madaniy merosi, boy turistik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Ikki tomonlama sayyohlarni almashishga qaratilgan muzokaralar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Innoprom”xalqaro ko‘rgazmasi 2010 yildan beri har yili Yekaterinburg shahrida tashkil etiladigan yirik sanoat ko‘rgazmasi sanaladi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarning qariyb 80 foizini butun dunyodan professional xaridorlar, ishlab chiqarishga yangi mahsulot va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha sanoat korxonalari mutaxassislari tashkil etadi.

Kiritildi: 03:58 12.07.2023. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!