Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston dunyo reytinglarida qanday o‘rinlarda bormoqda?

A A A
O‘zbekiston dunyo reytinglarida qanday o‘rinlarda bormoqda?

Yuksalish umummilliy harakati O‘zbekistonning jahon reytinglaridagi o‘rni haqida umumiy ma’lumot tayyorladi.

Quyida O‘zbekistonning turli yo‘nalishlar bo‘yicha reytingdagi o‘rinlari berilgan:

1-o‘rin: Noto‘g‘ri ovqatlanganlik tufayli yuqori o‘lim darajasi reytingi

2-o‘rin:

  • Paxta tolasi eksporti
  • Qorako‘l ishlab chiqarish

3-o‘rin:

  • Kadmiy qazib olish
  • Paxta eksporti
  • Uran eksporti
  • Toshkent 2019 yil eng arzon shaharlar ro‘yxatida

4-o‘rin: Aniqlangan oltin zaxiralari

5-o‘rin:

  • Paxta ishlab chiqarish
  • Yolg‘iz sayyohlar uchun xavfsiz davlatlarning 2019 yilgi ro‘yxatida

6-o‘rin:

  • Xom ipak ishlab chiqarish
  • Paxta yetishtirish
  • Uran qazib olish

7-o‘rin: Aniqlangan uran zaxiralari

8-o‘rin:

  • Oltin qazib olish
  • Aniqlangan molibden zaxiralari

10-o‘rin: Tasdiqlangan mis zaxiralari

11-o‘rin:

  • Sun’iy sug‘oriladigan yer maydoni
  • Tabiiy gaz qazib olish

12-o‘rin: Korxonalarni ro‘yxatga olish (Doing Business-2019)

14-o‘rin: Tabiiy gaz zaxiralari

16-o‘rin: Havosi iflos mamlakatlar reytingi-2018

18-o‘rin: Benzin narxi eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingi

39-o‘rin: Harbiy qudrat bo‘yicha butunjahon indeksi

41-o‘rin: Shartnomalar ijrosini ta’minlash (Doing Business-2019)

43-o‘rin: Aholi soni bo‘yicha

44-o‘rin: Butunjahon baxt indeksi-2018

52-o‘rin: Barqaror taraqqiyot maqsadlari indeksi-2018

53-o‘rin: Butunjahon xayriya indeksi-2018

56-o‘rin: Er maydoni bo‘yicha

60-o‘rin: Kredit olish (Doing Business-2019)

64-o‘rin:

  • Minoritar investorlarni himoya qilish (Doing Business-2019)
  • Soliqqa tortish (Doing Business-2019)

67-o‘rin: Vizasiz rejim (Global Passport Power Rank 2019)

69-o‘rin: Arzon mobil internet reytingi-2018

71-o‘rin: Mulkni ro‘yxatga olish (Doing Business-2019)

76-o‘rin: Biznes yuritish reytingi-2019

79-o‘rin: 2019 yilgi ta’lim tizimining ta’sirini o‘lchash va baholash bo‘yicha xalqaro ma’lumotlar bazasida

80-o‘rin: Jahon oziq-ovqat xavfsizligi indeksi-2018

81-o‘rin: Elektron hukumat-2018

91-o‘rin: To‘lovga layoqatsizlik uchun ruxsat berish (Doing Business-2019)

92-o‘rin: Kiberxavfsizlik global reytingi-2017

94-o‘rin: Qonun ustuvorligi indeksi-2019

98-o‘rin: Ijtimoiy rivojlanish indeksi-2018

100-o‘rin: Tug‘ilish darajasi

101-o‘rin: Farovonlik va barqaror iqtisodiy rivojlanish indeksi

104-o‘rin: Jahon tinchliksevarlik reytingi-2018

105-o‘rin: Inson taraqqiyoti indeksi-2018

117-o‘rin: Logistika samaradorligi indeksi

127-o‘rin: Gender tengligi darajasi

129-o‘rin: Internet tezligi bo‘yicha davlatlar reytingi

132-o‘rin: Terrorizm global indeksi-2018

134-o‘rin: Qurilish uchun ruxsat olish (Doing Business-2019)

136-o‘rin: Ekologik samaradorlik indeksi-2019

140-o‘rin: Iqtisodiy erkinlik indeksi-2019

156-o‘rin: Jahon mamlakatlarining demokratiya indeksi

158-o‘rin: Korrupsiyani qabul qilish indeksi-2018 (davlatda korrupsiya darajasi)

165-o‘rin:

  • Jahon matbuot erkinligi indeksi-2018
  • Xalqaro savdo-sotiq (Doing Business-2019)

189-o‘rin: Belgilangan keng polosali ulanishlar soni

203-o‘rin: Toshkent shahri - Dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida

O‘zbekiston quyidagi reytinglarga kiritilmagan

  • Global innovasiyalar indeksi 2018
  • Global raqobatbardoshlik indeksi 2018
  • Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingi 2018
  • Dunyo mamlakatlari farovonligi indeksi 2018
  • Byudjet ochiqligi indeksi 2017
  • Sanoat raqobatbardoshligi indeksi
Kiritildi: 09:18 29.03.2019. O'qildi: 18929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!