Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston davlat qarzi $43,4 mlrdga yetdi

O‘zbekiston davlat qarzi $43,4 mlrdga yetdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning ikkinchi choragida davlat qarzi 785 mln dollarga oshib, 43,38 mlrd dollarga yetdi.

Yil boshidan buyon qarz hajmi $3,16 mlrdga o‘sgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan qarz $6,13 mlrdga ko‘paygan. Davlat qarzining YAIMga nisbatan ulushi 33,6% → 34,2%ga ko‘tarilgan.

➖ tashqi qarz – $36,42 mlrd
$20,39 mlrd — qat’iy foiz stavkalarida;
➖ $15,87 mlrd — o‘zgaruvchan foiz stavkalarida;
➖ asosiy qismi — uzoq muddatli kreditlar.

Ichki qarz esa chorak davomida $67 mlnga kamayib, $6,96 mlrdni tashkil etdi.

Kiritildi: 13:38 02.09.2025. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!