Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston bo‘ylab osh narxlari: Toshkentda palov arzonlashdi

O‘zbekiston bo‘ylab osh narxlari: Toshkentda palov arzonlashdi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston viloyatlari markaziy hududlari kesimida iyun oyi uchun tayyor palovning o‘rtacha narxlariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, iyun oyida Toshkent shahrida 1 porsiya palov narxi 16 600 so‘m (may oyiga nisbatan arzonlashgan), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (13 333) va Buxoro viloyatida (16 333) 333 so‘mga, Xorazmda 200 so‘mga (14 200) qimmatlashgan. Samarqand (16 000) va Sirdaryoda (14 167) esa palov narxi arzonlashgan.

Qolgan hududlarda 1 porsiya palov narxi o‘zgarishsiz qolgan: Andijon viloyatida 14 800 so‘m, Qashqadaryoda 16 250 so‘m, Jizzaxda 15 166 so‘m, Navoiyda 13 ming so‘m, Namanganda 11 571 so‘m, Surxondaryoda 11 800 so‘m, Toshkent viloyatida 14 333 so‘m, Farg‘onada 15 250 so‘m.

Shundan kelib chiqib, aprel oyida Toshkent shahrida bir kilogramm (etti porsiya) osh 116 200 so‘m, Qoraqalpog‘istonda 93 331 so‘m, Andijonda 103 600 so‘m, Buxoroda 114 331 so‘m, Jizzaxda 106 162 so‘m, Qashqadaryoda 113 750 so‘m, Navoiyda 91 ming so‘m, Samarqandda 112 00 so‘m, Surxondaryoda 82 600 so‘m, Sirdaryoda 102 669 so‘m va Xorazmda 99 400 so‘m, Toshkent viloyatida 100 331 so‘m, Farg‘ona viloyatida 106 750 so‘mni tashkil etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining alohida qayd etishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

"Ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:37 02.07.2020. O'qildi: 5966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!