Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston – Belarus sog‘liqni saqlash forumida qanday kelishuvlarga erishildi?

A A A
O‘zbekiston – Belarus sog‘liqni saqlash forumida qanday kelishuvlarga erishildi?

So‘nggi yillarda mamlakatimiz hamda Belarus Respublikasi o‘rtasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash sohasida ham hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. 27-29 noyabr kunlari Minsk shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Belarus tibbiyot forumi” buning yorqin amaliy isboti bo‘ldi.

Ikkala davlat sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi mutaxassislar, tibbiyot oliygohlari rahbarlari ishtirok etgan anjumanda ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirliklari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning hududiy filiallari, tibbiyot oliygohlari, viloyat, tuman va shahar sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasida turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish to‘g‘risida 100 dan ortiq memorandum va kelishuvlar imzolandi.

Jumladan, forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Belarus davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Yakunda esa SamDTU rektori Jasur Rizayev Belarus Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Farmasevtika sohasidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan muloqot qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligida tizim mas’ullari va mahalliy farmkompaniyalar vakillari ishtirokida o‘tgan muloqotda farmasevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari belgilab bergan topshiriq va vazifalar ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, hozirda yurtimizda yiliga 1,6 milliard dollarlik dori-darmon iste’mol qilinsa, bunda mahalliy mahsulotlarimizning ulushi bor-yo‘g‘i 18 foiz, qolgani import hisobidan qoplanyapti.

Uchrashuvda bu sohada mahalliy ishlab chiqaruvchilar ulushini oshirish, farmasevtika mahsulotlarining davlat xaridlarini tashkil etishda mahalliy tadbirkorlarning takliflarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish borasida fikr almashildi.

“RADIKS” investisiya kelishuviga erishdi

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va “RADIKS” dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona o‘rtasida investisiya kelishuvi imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, “RADIKS” dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri hududida yangi korxonani ishga tushirib, ineksiya, infuzion eritmalar, steril antibiotiklar, tabletkalar, kapsulalar, shamlar, shuningdek, inson insulini ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarish va buning natijasida 400 ta ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilmoqda.

2002 yilda o‘z ish faoliyatini boshlagan mazkur korxonada bugungi kunda 650 dan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonada 7 ta asosiy ishlab chiqarish: tabletka, galen, malham, infuzion, ineksiya, quruq antibiotiklarni tarqatish sexi, bo‘sh ampulalar ishlab chiqarish sexi mavjud.

Kiritildi: 22:50 30.11.2023. O'qildi: 1807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!