Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston – BAA o‘yini chiptasi bir soatga yetmay tugadi

O‘zbekiston – BAA o‘yini chiptasi bir soatga yetmay tugadi

JCH-2026 saralash bosqich 4-turi doirasida 15 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga chiqarilgan chiptalar sotib bo‘lingan. Bu haqda iticket saytida ma’lum qilingan.

Kecha, 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Eron (0:0) uchrashuvidan keyin bugun, 11 oktyabr kuni O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston – BAA uchrashuvi chiptalari sotuvi iticket sayti orqali amalga oshirilayotgani haqida soat 19:34da e’lon qilgach, 40 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha narxlangan chiptalar bir soatga yetmay tugagan. Har holda, iticket saytida (soat 20:30 holatida) o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar tugagani haqida ma’lum qilingan. 34 ming sig‘imli o‘yingohdagi chiptalarning qanchasi sotilgani ma’lum qilinmagan.

O‘zbekiston – BAA o‘yini chiptasi bir soatga yetmay tugadi

Kiritildi: 23:25 11.10.2024. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!