Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston askarlari qanday rekord o‘rnatishdi?

O‘zbekiston askarlari qanday rekord o‘rnatishdi?

ArMI-2018 o‘yinlarida 10 dan ortiq yangi rekorddalar qayd etildi va ulardan biri O‘zbekiston jamoasi hisobiga yozildi, deb xabar qilmoqda xalqaro tadbir matbuot xizmati.

“O‘zbekiston askarlari “Harbiy tayyorgarlik a’lochilari” tanlovida ajoyib natija ko‘rsatishdi. Ular protivogaz kiyish bo‘yicha normativni 2 baravar tez – 3,3 soniya ichida bajarishdi”, – deyilgan rasmiy xabarda.

Shuningdek ArMI-2018da yana bir necha qiziqarli rekordlar o‘rnatildi. Masalan Rossiya tank biatlonchilari T-72B tankida 77 km/soat tezlikda harakatlanib tezlik rekordi o‘rnatishdi.

Xitoy jamoasi ham “Suvorov hujumi” tanlovi shartini 16 daqiqayu 53 soniya ichida bajarib, o‘zining o‘tgan yilga rekordini yana 30 soniyaga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.

Eron jamoasi suvda cho‘kayotganlarni qutqarishga bag‘ishlangan “Chuqurlik” tanlovida eng yuqori ball – 1000 ball jamlashga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 15:14 12.08.2018. O'qildi: 3010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!