Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
🔹 har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste’mol qiladi;
🔹aholining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz;
🔹 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan;
aholining o‘rtacha tuz iste’moli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.
Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.
Shu o‘rinda jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik,
🔹tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish,
🔹shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatiga to‘xtalib o‘tsak.
🔻Birinchidan, yoshlarda rasional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish,
🔻Ikkinchidan, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.