Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston aeroportlari xizmat ko‘rsatish tariflarini pasaytirmoqda

O‘zbekiston aeroportlari xizmat ko‘rsatish tariflarini pasaytirmoqda

O‘zbekistonda xorijiy aviatashuvchilar uchun aeroportlarda xizmat ko‘rsatish tariflari pasaytirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabarqildi.

Xususan, 2020 yilning 1 mart sanasidan e’tiboran barcha mahalliy aeroportlarda uchib kelayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish stavkasi bekor qilinadi. Xorijiy avikompaniyalarning yuk tashish reyslarida esa yukga ishlov berish tariflari pasaytiriladi.  

Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportining "Business Lounge" dagi xizmatlarining narxi ham pasaytirildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu choralar xalqaro aviasiya xizmatlari bozorida respublika aeroportlarining raqobatbardoshligini oshirish, mamlakat aholisi talablarini qondirish va mamlakatga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan.

Xorijiy aviakompaniyalarning respublika aeroportlarida parvozlarni amalga oshirish xarajatlarini pasaytirish mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun aviachiptalar narxini pasaytirishga yo‘naltirilgan.

Kiritildi: 11:36 25.02.2020. O'qildi: 2073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!