Rossiya kuchlari yaqin kunlarda Ukrainaga yurishni davom ettiradi, biroq AQSh harbiylarining so‘nggi maxfiy hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina mudofaasi qulashi dargumon.
AQSh rasmiysining NYT'ga bergan bahosiga ko‘ra, Rossiya «9 maygacha sharq va janubi-sharqda kichik yutuqlarga erishishda» davom etadi, bu Moskva uchun ramziy ahamiyatga ega.
Biroq, rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylarining tahlil natijasi shundan iboratki, «o‘q-dorilarning keskin taqchilligiga qaramay, ukrainalik harbiylar front chizig‘ida tor-mor bo‘lmaydi».
NYT'ning boshqa suhbatdoshlari Rossiyaning 9 maygacha jiddiy hujum uyushtirish uchun yetarli kuchlari borligiga ishonmaydi: «Buning uchun amerikalik rasmiylar kutmagan kuchlarni sezilarli darajada oshirish kerak bo‘ladi».