Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ustuvor sohalardan biridir

A A A
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ustuvor sohalardan biridir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son farmoni bilan O‘zbekistonni 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi.

Strategiyada bir qancha ustuvor maqsadlar va 5 ta asosiy vazifa belgilangan bo‘lib, ulardan biri suv resurslarini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishdir.

Suv resurslarini tejash borasidagi islohotlar doirasida respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, sug‘orish tizimi va suvni tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, “yashil energiya”ni keng joriy etish doirasida xususiy sektor boshqaruvi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish hamda “yashil yenergiya” texnologiyalarini keng joriy etish doirasida nasos stansiyalari tomonidan elektr energiyasi iste’molini kamaytirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sug‘orish tizimini yaratish, Toshkent shahrida yashil maydonlar hududini 5 barobar ko‘paytirib, 5 ming gektarga yetkazish, Respublikada o‘rmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga, daraxt va buta urug‘lari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish, Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish, cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlari va haroratning ko‘tarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etish, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 100 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizga oshirish, atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish va boshqa muhim vazifalar belgilandi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlar respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir etuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, o‘rmonlar maydonini kengaytirishga qaratilgan “Yashil Makon” milliy loyihasini kengaytirish, Orolbo‘yida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirining oldini olish, biologik xilma-xillikning barqaror saqlanishini ta’minlash, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish xizmati sifatini yaxshilash hamda havo ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni nazarda tutadi.

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish maqsadida qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta asosiy g‘oyasi qatorida aholi uchun qulay ekologik sharoit yaratish ham alohida o‘rin tutganini alohida ta’kidlash joiz.

Kiritildi: 00:37 13.09.2023. O'qildi: 3623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!