Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) navbatdagi sammiti 2027 yilning 8–9 oktyabr kunlari O‘zbekistonning Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, delegasiyalar rahbarlari 2027 yilda Hamdo‘stlikka raislik qilish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Unga ko‘ra, kelgusi yilda MDHga O‘zbekiston raislik qiladi. Turkmaniston va Ozarbayjon esa hamraislik vazifasini bajaradi.
«MDH Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi an’anaviy ravishda Hamdo‘stlikka raislik qilayotgan davlatda o‘tkaziladi.
Shu sababli Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishini 2027 yil 8–9 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining Buxoro shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», — deya Lebedevning so‘zlarini keltiradi TASS axborot agentligi.