Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbek amaldorlari qancha oylik maosh oladi?

A A A
O‘zbek amaldorlari qancha oylik maosh oladi?

OAV sobiq sovet mamlakatlarining amaldorlari oladigan oylik maoshlarni hisoblab chiqdi. Jurnalistlar O‘zbekistonda vazirlar, bosh vazir o‘rinbosarlari, deputatlar va hokimlarning qancha maosh olishlarini aniqlab, e’lon qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondagi davlat xizmatchilari ETS tariflar tarmog‘ida maosh oladi. Ushbu tarif setkasi bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari eng yuqori ish haqiga ega - 2 million 75 ming 955 so‘m. Eng kam oylik ish haqi qonunchilik palatasi deputatlari uchun 1 million 560 ming 413 so‘mni tashkil etadi. 
Mamlakatimiz viloyatlarining hokimlari 1 million 899 ming 783 so‘m maosh olishadi. Shahar hokimlari 1 milllion 643 ming 329 so‘m maosh oladi. Vazirlarga esa 1 million 727 ming 665 so‘m maosh beriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, maxsus ish sharoitlari uchun ish haqiga qo‘shilgan ustama ham mavjud. Ustama ish haqining 20 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, xizmat muddati uchun  20-30
foiz ustama qo‘shiladi. Mehnatni rag‘batlantirish koeffisenti 40 foizni, moddiy rag‘batlantirish rasmiy ish haqining 15-25 foizini tashkil etadi. Shunday qilib, viloyat hokimining eng katta maoshi 4 million so‘mni tashkil etadi.

upl.uz

Kiritildi: 15:12 01.11.2019. O'qildi: 22794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!