Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘ynashmagin arbob bilan: Alisher Usmonov yetkazilgan ma’naviy zarar uchun tovon puli oladigan bo‘ldi

O‘ynashmagin arbob bilan: Alisher Usmonov yetkazilgan ma’naviy zarar uchun tovon puli oladigan bo‘ldi

Moskvaning Basman sudi biznesmen Alisher Usmonovning talabini qanoatlantirdi va uni jinoiy “avtoritet” Zaxariy Kalashov (Shakro Molodoy) bilan aloqalari haqidagi uchta xabarni o‘chirib tashlash to‘g‘risida qaror qildi. bu haqda TASS xabar berdi.
 
“Usmonovning da’vosi to‘liq qanoatlantirilishi kerak. Javob beruvchi maqolalarni o‘chirib tashlashi, raddiya e’lon qilishi va da’vogarga ma’naviy zararni qoplash uchun 50 ming rubl to‘lashi kerak”, deyiladi qarorda.
 
Tadbirkor Moskva sudiga uni Shakro Molodoy nomi bilan mashhur Zaxariy Kalashov va boshqa jinoiy guruhlar bilan aloqalari haqidagi maqolalarni o‘chirib tashlash talabi bilan murojaat qilgan. U ma’naviy zararni qoplash uchun 50 ming rubl miqdorida kompensasiya ham talab qilgan.
 
Gap “Alisher Usmanov. Status: “avtoritet”, “Alisher Usmanov v dele Shakro” va biznesmenning jinoiy olam bilan aloqalari haqidagi maqolalar haqida bormoqda. Sud ishida “Roskomnadzor” javob beruvchi sifatida jalb etilgan. 

Qalampir.uz

Kiritildi: 11:52 10.12.2018. O'qildi: 3077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!