Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Uxanning 11 millionlik aholisi koronavirusga tekshiriladi

A A A
Uxanning 11 millionlik aholisi koronavirusga tekshiriladi

Xitoyning Uxan shahriga koronavirus qaytgandan keyin 11 mlnlik aholini koronavirusga testdan o‘tkazishga qaror qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

So‘nggi ikki kun ichida koronavirusning butun dunyoga tarqalishi o‘chog‘i bo‘lgan Uxanda 6 nafar yangi bemor aniqlandi. 

Shundan keyin mahalliy hokimiyat shaharda koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqiniga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi. Testlashni polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu jarayon 10 kun vaqt oladi va koronavirus tashuvchilarini aniqlashga imkon beradi. Shahar ma’muriyati shu yo‘l bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqinining oldini olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, shaharda epidemiya avj olgan vaqtda ham butun aholi koronavirusga tekshirilgan edi.

Uxanning barcha tumanlari ma’muriyatlari 12 may kuni testlashning batafsil rejasini taqdim qilishlari lozimligi belgilab qo‘yilgan.

Kiritildi: 08:41 12.05.2020. O'qildi: 2879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik