O‘tgan yilda milliy madaniy markazlariga davlat byudjetidan 20 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev ma’lum qildi.
✅ Bugungi kunda Qo‘mita mamlakatimizdagi 156 ta milliy madaniy markaz, 38 ta do‘stlik jamiyati va xorijdagi 98 ta vatandoshlar jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.
✅ Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 1 ta qonun, 2 ta Prezident qarori, 18 ta hukumat qarori va farmoyishi loyihalari tayyorlandi.
✅ “O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi Davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi ishlab chiqildi.