O‘tgan bir yilda 366 ming oila kambag‘allikdan chiqqani, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish sohasida qilingan choralar sababli kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 5,8 foizga, ishsizlik esa 5,5 foizdan 4,8 foizga tushdi.
«Bularning barchasi – islohotlarimiz samarasi bo‘lib, davlat va xalq o‘rtasidagi ishonch tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat.
Lekin hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Biz 2026 yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha katta vazifalarni belgilab oldik.
Chunki mahalla bu – islohot qayerda ishlayotganini ham, qayerda to‘xtayotganini ham aniq ko‘rsatadigan joy. Mahallada ishsiz odam va kambag‘al oila saqlanib qolgan bo‘lsa, demak, islohot o‘sha yerga yetib bormagan. «Ettilik» va bankir odamlar muammosini hal qilmayotgan bo‘lsa, demak, shu yerda tizim ishlamayapti.
Hech bir vazir, viloyat, tuman hokimi, bankir «ettilik»ni bahona qilishga haqqi yo‘q. Imkoniyat va mablag‘ bor, qaror va dastur bor. Yetishmayotgan narsa – mas’uliyat, shaxsiy javobgarlik»,
— dedi davlatimiz rahbari.