Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Garvard universiteti tahliliga ko‘ra, o‘tgan besh yilda Iqtisodiy murakkablik indeksida O‘zbekistonning o‘rni 25 pog‘ona yaxshilanib, 105-o‘rindan 80-o‘ringa ko‘tarildi.
Bugungi kunda 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz “dunyo bozorlarida raqobat ustunligiga ega” deb e’tirof etilayapti.
Natijada oxirgi yillarda eksport 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi.
–Bu – iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bog‘liq ekanini ko‘rsatadigan juda katta raqam, – dedi Prezident.