Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘tgan besh oyda Qashqadaryodagi 551 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi

O‘tgan besh oyda Qashqadaryodagi 551 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi

Shu bilan birga, sodir etilayotgan har uchta jinoyatdan bittasi viloyat markazidan uzoqda joylashgan, turistlar ko‘p tashrif buyuradigan Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz shahriga to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi.

Mas’ullarga mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “ichki ishlar organlari mintaqaviy boshqaruv tizimini” joriy etish topshirildi.

Bunda viloyat ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizm bo‘yicha tizimi Shahrisabz shahrida joylashadi va ushbu 5 ta tumanda jinoyatchilikni jilovlashga mas’ul bo‘ladi.

Hozirda Qashqadaryoda 5,5 ming ishsiz yoshlar bor. Yana 36,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelayapti.

Yoshlarni “Yoshlar biznesi” dasturi, 13 ming nafar oliygoh bitiruvchisini “Kelajakka qadam” dasturiga qamrab olib, ularning tadbirkorligi va bandligiga ko‘maklashish topshirildi. Yana 5 ming yoshlar qishloq xo‘jaligida daromadli bo‘ladi.

Kiritildi: 15:18 20.06.2025. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!