📍 Yil boshidan buyon O‘zbekiston avtomobil bozorida barqaror faollik saqlanmoqda. Mavsumiy savdoning pasayishiga qaramay, iyun oyida birlamchi bozorda savdolarning o‘rtacha tiklanishi qayd etildi.
– Joriy yil may oyiga nisbatan iyun oyida yengil avtomobillar savdosi hajmi 3% ko‘proqqa oshgan va bu 80 mingta avtomobil birligiga to‘g‘ri keladi.
📉 Savdo hajmidagi pasayish:
– Birlamchi bozorda o‘tgan yilning birinchi olti oyi davomida yengil avtomobillar savdosining jami hajmi 446 ming donani tashkil etdi, bu esa 2024 yilning shu davriga nisbatan 23%ga kam.
– Pasayish asosan ikkilamchi bozordagi faollikning susayishi bilan izohlanadi va bu umumiy bozor faoliyati pasayishining asosiy sababi bo‘ldi.
🛻 Birlamchi avtomobil bozori:
– Birlamchi yengil avtomobillar bozorida savdolar o‘tgan oyga nisbatan 10%dan ziyodga oshdi, bu 2,6 mingta avtomobilga ko‘paydi.
– Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa 23,7 ming donani tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 15,6%ga o‘sganini ko‘rsatadi.
– Yangi xorijiy yengil avtomobillari segmentida salbiy dinamika kuzatildi: oylik savdo hajmi taxminan 4 ming donani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 12,6%ga kamaygan.
🚗 Ikkilamchi avtomobil bozori:
– Iyun oyida 52 ming donanadan ortiq foydalanilgan yengil avtomobillar sotildi, bu may oyiga nisbatan atigi 0,4%ga kam, ikkilamchi bozorda yillik o‘sish 1,3%ni tashkil etdi.
🔋 Elektromobil bozori:
– Iyun oyida yengil elektromobillar savdosi 5,1 ming donani tashkil etdi, bu may oyiga nisbatan 1,7%ga kam.
– Oylik bioz kamayishga qaramay, yillik ko‘rsatkichlarda bozor barqaror dinamikani namoyon etmoqda.
– Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, sotilgan elektromobillar hajmi 28,8 ming donani tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62,6%ga ko‘p.
– Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi Sirdaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi.