Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi qrim-kongo gemorragik isitmasi kabi xavfli kasallik tarqalishi mumkinligini ma’lum qildi.
Ushbu kasallik asosan kanalar chaqishi orqali yuqadi.
Ogoh bo‘ling, quyidagilarga amal qiling:
➖ Chorvadagi kanalarni qo‘l bilan termang, o‘ldirmang;
➖ Veterinariya xodimlarini chaqirib, tozalash ishlarini amalga oshiring;
➖ Tabiat qo‘yniga chiqqaningizda ehtiyot bo‘ling, kana chaqsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
Kasallik alomatlari:
➖ To‘satdan isitma;
➖ Bosh, bel va mushak og‘rig‘i;
➖ Qusish, ich ketishi yoki qon aralash chiqish;
➖ Burun, milkdan qon ketishi, teri osti qon quyilishi va boshqalar.
Himoya choralarini ko‘ring va o‘zingiz hamda yaqinlaringizni asrang.