Toshkent viloyati Chinoz tumanida moliyaviy piramida tashkil qilib o‘zbekistonlik ko‘p sonli insonlarni pullarini ikki baravar qilib qaytarib berish sharti bilan millionlarga “tushirgan” Tursunboyev Ahmadjon Hamitovich (Ahmadboy)ga nisbatan 2018 yilning 21 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida hukm o‘qilgan edi.
Hukmga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy) uzil-kesil o‘tash uchun 13 yil ozodlikdan mahrum etilgan edi.
“Jahon.uz” internet nashriga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga nisbatan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Firibgarlik)) bilan yangi jinoyat epizodi bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlangan.
Da’vogarlar Shamuradov Sherzod Rustamovich, Uzakbayev Risbay Pardabayevich, Abdusamiyev Atxamjon Avduvali o‘g‘lining arizasiga ko‘ra ochilgan 1-11-1907/45-sonli jinoyat ishini sudya Shermuxamedov Xayriddin Asamiddinovich ko‘rishni boshlagan.
Bu jinoyat ishi doirasida “Ahmadboy” bilan birga, uning 15 nafar (bir ayol kishi ham bor) sherigi ham ayblanuvchi sifatida qatnashmoqda.
Jumladan, Kuchkarov Olmos Ismailovich, Ibragimov Izzatilla Axmadjanovich, Tursunbayev Murodjon Yuldashevich, Turunbayev Oybek Baxrom o‘g‘li, Turdiyev Azizjon Izzatillayevich, Shernazarov Xasan Eshmirzayevich, Djo‘rayev Yunusali Meyliyevich, Dushanov Sherzod Shukurjon o‘g‘li, Mamutov Enver Ibragimovich, Dadayev Nurutdin Zomonovich, Soliyev Laziz Abdullayevich, Irmatov Shakirbek Salimbekovich, Toshmatov Ergash Xakimovich, Isoqov Oybek Yusufbekovich, Islamova Nargiza Axmatjonovna ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Firibgarlik) jinoyat bilan dastlabki tergov organi tomonidan aybdor deb topilgan.