Ukraina yetakchisi bu fikrni AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog bilan Kiyevdagi uchrashuvida bildirdi.
Vladimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
◾️ Putinga Ukrainaning u yoki bu hududini berish orqali urushni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu faqat vaqtinchalik tanaffus bo‘lib, oxir-oqibat yana yangi hujumlarga olib keladi. Shu kabi holatlarni 2008 yilda Gruziyada, 2014 yildan keyin Qrim va Doneskda ko‘rganmiz;
◾️ Putinning maqsadi butun Ukrainani bosib olish. U “urush mashinasi”ni shunday harakatlantirib yubordi-ki, endi uni to‘xtata olmaydi;
◾️ Vaqtinchalik tanaffus emas, balki mustahkam tinchlik va xavfsizlik kafolatlari, shuningdek, Rossiyaning javobgarligini ta’minlash kerak;
◾️ Rossiyaning 800 ta droniga qarshi kurashish uchun Ukrainaga 1600 ta tutib qoluvchi qurilmalar kerak;
◾️ Ko‘rinishidan, Xitoy bu urushni to‘xtatishga, hattoki zarbalarni to‘xtatishga ham qiziqmayapti. Aks holda, rossiyaliklar Xitoy vakillari Kiyevda bo‘lgan paytda shaharni o‘qqa tutmagan bo‘lar edi;
◾️ Qo‘shma Shtatlarda Patriot'dan ham kuchliroq havo mudofaasi mavjud, bu general Kit Kellog. Agar Kellog Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatishga majbur qilsa, unga Ukraina fuqaroligini, kvartira va zarur bo‘lgan hamma narsani berishga tayyormiz.