Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Urushda Rossiya 1,2 million, Ukraina esa 600 minggacha harbiy xizmatchisini yo‘qotgan

Urushda Rossiya 1,2 million, Ukraina esa 600 minggacha harbiy xizmatchisini yo‘qotgan

AQShdagi Center for Strategic and International Studies (CSIS) tadqiqot markazi Rossiya - Ukraina urushi davomida halok bo‘lgan va yaralangan harbiy xizmatchilar soni bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, 2022 yil fevralida boshlangan keng ko‘lamli bosqindan buyon Rossiyaning umumiy yo‘qotishlari 1,2 million kishigacha yetgan, shundan kamida 325 ming nafari halok bo‘lgan.

CSIS keltirgan halok bo‘lganlar soni BBC rus xizmati va “Mediazona” nashrining ochiq manbalarga asoslangan hisob-kitoblariga yaqin. Ularning aniqlashicha, Rossiya tomondan halok bo‘lganlar soni 254,8 mingdan 368,1 ming nafargacha bo‘lishi mumkin. Donesk Xalq Respublikasi (DXR) va Lugansk Xalq Respublikasi (LXR) bo‘linmalari tarkibida jang qilganlar hisobga olinganda, bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshadi.

CSIS ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari urush davomida 500 mingdan 600 minggacha harbiy xizmatchini halok bo‘lgan va yaralanganlar sifatida yo‘qotgan bo‘lishi mumkin. Halok bo‘lganlar soni 100 mingdan 140 ming nafargacha bo‘lishi ehtimoli bor.

Hisobotda Rossiya yo‘qotishlari haqida “Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyoning birorta yetakchi davlati hech bir urushda bunday ulkan miqyosdagi yo‘qotishlarga duch kelmagan”, deya ta’kidlangan.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!