Urugvayda prezidentlik saylovining ikkinchi turida muxolifatchi nomzod Yamandu Orsi g‘alaba qozondi.
Saylov uchastkalari ma’lumotlarining 81,26 foizi ishlab bo‘linganidan so‘ng «Keng front» so‘l-markaz koalisiyasi vakili Orsi 942 470 nafar saylovchining ovozini to‘pladi. Uning raqibi, amaldagi hukumatni boshqarayotgan «Blanko» o‘ng-markaz partiyasi nomzodi Alvaro Delgadoga esa 898 767 nafar fuqaro ovoz berdi.
O‘z mag‘lubiyatini tan olgan Delgado, shuningdek, faoliyatini davom ettirayotgan mamlakat prezidenti Luis Lakale Pou g‘alaba bilan Yamandu Orsini tabriklashdi.