Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning aytishicha, Pxenyan hujum sodir bo‘lgan taqdirda barcha mavjud hujum kuchlarini ishga solishdan tortinmaydi. Bu haqda Reuters Koreya markaziy axborot agentligiga (KCNA) tayanib xabar berdi.
Uning xabariga ko‘ra, Kim Chen In, agar boshqa davlatlar respublika suverenitetiga tajovuz qilishga urinsa, yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini ham e’lon qilgan.