Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘rtoq Kim o‘ta yirik kallakka ega yangi raketalarni sinovdan o‘tkazdi

O‘rtoq Kim o‘ta yirik kallakka ega yangi raketalarni sinovdan o‘tkazdi

18 sentyabr kuni Shimoliy Koreyaning Raketa fanlari bosh boshqarmasi og‘irligi 4,5 tonna bo‘lgan o‘ta yirik kallakka ega yangi «Xvason-11da-4,5» taktik ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

«Sinov uchirilishining mohiyati o‘ta yirik kallakka ega raketaning 320 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonga tegishi aniqligini tasdiqlashdan iborat edi», — deyiladi xabarda. Shu kuni kuchli strategik qanotli raketa uchirildi. Uning parametrlari aniqlanmagan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sinovlarda qatnashdi va ularning natijalaridan mamnun edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bunday sinovlar va qurol-yarog‘ quvvatining doimiy ortib borishi bevosita KXDR davlat xavfsizligiga tashqi kuchlar tomonidan jiddiy tahdid bilan bog‘liq».

Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan 18 sentyabr kuni Yapon dengizi tomon 30 daqiqalik oraliqda ikkita ballistik raketani uchirdi.

Kiritildi: 17:48 19.09.2024. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!