Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ursula fon der Lyayenga nisbatan tergov boshlandi

Ursula fon der Lyayenga nisbatan tergov  boshlandi

Ursula fon der Lyayenga nisbatan Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan bo‘lgan maxfiy chat sababli tergov boshlandi, deb yoo‘moqda "Meduza"

Xabarlarga ko‘ra, gap ishtirokchilari qatorida Zelenskiydan tashqari Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bo‘lgan chat haqida ketmoqda.

Tergov chat mazmuniga emas, balki Yevrokomissiya ushbu yozishmalarga kirishni rad etish orqali shaffoflik qoidalarini buzgan-buzmaganligiga qaratilgan.

Bu chat mavjudligi haqida yanvarda ma’lum bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Niderlandiyaning Follow the Money (FTM) surishtiruv tashkiloti yozishmalarga ruxsat so‘ragan, biroq Yevrokomissiya buni "oshkor qilish YEIning uchinchi davlatlar bilan xalqaro munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin" degan bahona bilan rad etgan.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, chatda, jumladan, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘zaro hamkorlik strategiyalari muhokama qilingan.

Kiritildi: 14:02 25.06.2026. O'qildi: 1689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!