Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘rikzorlik Yunus aka nega Haj ziyoratiga boruvchilar ro‘yxatidan tushirilib qoldirilmoqda?

O‘rikzorlik Yunus aka nega Haj ziyoratiga boruvchilar ro‘yxatidan tushirilib qoldirilmoqda?

Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov raisligida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zAda yozilishicha, O‘rikzor mahallasida yashovchi fuqaro Yunus aka Tursunaliyev Haj ziyoratiga borish masalasida murojaat qildi. Uning aytishicha, bir necha yildan buyon maqsadiga erisholmayotgan ekan.

Yunus akaning so‘zlariga ko‘ra, har yili mazkur ro‘yxatda mahalla fuqarolar yig‘inida surati bilan turgan. Ammo o‘rin qisqarib, Yunus aka qolib ketavergan. 

“Mahalladoshlarning “imtihondan o‘tolmadingizmi”, deyishlari sog‘ligimga ham, qolaversa, obro‘yimga ham salbiy ta’sir qilyapti”, dedi Yunus aka. 

SH.Turdiqulov bu yil buning imkoni yo‘qligini aytib, keyingi yilda ushbu masalada yordam berishini, bu masalaga mutasaddilarning adolatli yondashishlariga va’da berdi.

Mutasaddilarning so‘zlariga ko‘ra, birgina O‘rikzor mahallasining o‘zida 900 nafar odam Haj ziyoratiga borish uchun navbatda turishibdi. Vaholanki shahar bo‘yicha Hajga borish uchun 900 ta o‘rin ajratilgan. 

Eng ko‘p Hajga boruvchilar ro‘yxatida Uchtepa, Olmazor, Shayxontohur tumanlari qayd etildi. 

Kiritildi: 09:23 16.05.2018. O'qildi: 1336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!