Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘rikdan bodomgacha: O‘zbekiston Misr bozoriga chiqmoqda

O‘rikdan bodomgacha: O‘zbekiston Misr bozoriga chiqmoqda

O‘zbekistonda yetishtirilgan o‘rik, olxo‘ri va nektarin, shuningdek po‘sti olinmagan yong‘oq va bodom mahsulotlari Misr Arab Respublikasiga eksport qilinishi mumkin bo‘ldi.

Eksport geografiyasining kengayishi O‘zbekiston mevalariga bo‘lgan xalqaro bozordagi talab oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, Misr iqlim jihatidan sitrus, tropik va subtropik mevalarni yetishtirishga ixtisoslashgan mamlakat. Shu bois, bunday bozorda o‘zbek mevalari, ayniqsa, o‘rikka bo‘lgan talab yuqori ekan.

Endi fermerlarimiz mahsulot sifatini yanada yaxshilash, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda yetishtirish va qo‘shimcha daromad topish imkoniga egalar.

Kiritildi: 06:11 19.08.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!