Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Urgut tumanida tadbirkorning 7 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi aniqlandi

Urgut tumanida tadbirkorning 7 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) “Z.H.” MCHJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MCHJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 000 AQSh dollari evaziga alohida elektr tarmog‘ini tortib, yangi transformator o‘rnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, shundan 7 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruv davomida A.N.tomonidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:08 25.07.2024. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!