Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Urganch shahrida markaz direktori ushlandi

A A A
Urganch shahrida markaz direktori ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori D.B. fuqaro S.dan 4 nafar fuqaroni 4 mln so‘m pora evaziga vaqtincha ishsizlik ro‘yxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, oldindan 2 mln so‘mni olib, qolgan 2 mln so‘mni ish joyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:37 13.10.2022. O'qildi: 2876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!