Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Urganch shahar SEOM rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Urganch shahar SEOM rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi pandemiya darajasiga chiqqan shu kunlarda sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlaridan o‘z xizmat vazifalariga yanada mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi.

Urganch shahar SEOM rahbari, Z.Q. esa o‘ziga bildirilgan ishonchni suiiste’mol qilib, xizmat vakolatidan foydalangan holda noqonuniy ravishda shaxsiy boylik orttirish rejasini tuzdi.

Qassobchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan bo‘lgan, Urganch tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, kelgusida tadbirkorlik faoliyatining soliq organlari tomonidan tekshirilmasligini ta’minlab berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 300 000 so‘m pul talab qilgan, Z.Q. joriy yilning 25 avgust kuni Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida talab qilgan summadagi pulni olayotgan paytida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:32 29.08.2020. O'qildi: 2981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!