“Urganch shahar Olimpiya stadionida yong‘in chiqanligi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi” deb tarqalgan ma’lumotga rasmiy munosabat
Kecha, 10-aprel kuni Xorazm viloyati Urganch shahar Pahlavon Mahmud ko‘chasida joylashgan “Olimpiya” sport majmuasida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Urganch shahar hokimligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida amaliy-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Tadbirda 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari qatnashib, o‘quv mashqi shartlariga ko‘ra mash’ala shartli ravishda yoqilgan.
Muzkur tadbir soat 22:40 dan 23:30 gacha davom etgan.