Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"O‘rdak"ka aylangan talaba qiz: "Hozir chiroyliroqman" (FOTO)

"O‘rdak"ka aylangan talaba qiz: "Hozir chiroyliroqman" (FOTO)

22 yoshli bolgariyalik Andrea Yemilova lablarni kattalashtiruvchi 15 ta filler amaliyotini boshdan o‘tkazdi. Bu amaliyotning har biri talabaga 168 dollardan tushgan.

U fillerning barcha turlaridan foydalanib ko‘rdi

Qizning o‘zi filler amaliyoti bo‘yicha barcha mijozlarni ortda qoldirganligini va fillerning barcha mavjud turlaridan foydalanib ko‘rganligini ma’lum qilgan.

“Yangi lablarim menga ko‘proq xush kelyapti. Katta lablar bilan chiroyliroq ko‘rinayotganimdan baxtliman. Bu Bolgariyada hozir moda”, deydi Andrea Yemilova.

Bu lablar yanada kattalashadi

U yoshligidan katta lablari bo‘lishini istagan va ularni yanada kattalashtirishni istaydi. “Men lablari katta degan gap-so‘zlarga e’tibor bermayman. Chunki “katta” so‘zining ma’nosini hamma turlicha tushunadi”, deydi qizning o‘zi.

Hozirda qizning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga 15 000 dan ortiq odamlar a’zo bo‘lgan. Muxlislar qizning yangi ko‘rinishiga ko‘plab izohlar qoldirmoqda, ulardan ayrimlari Andreaning hatto qo‘lini ham so‘ragan.

Kiritildi: 11:33 21.09.2019. O'qildi: 13391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!