Qovoq, karam, kartoshka, pomidor, sabzi… Bularning bari — salomatlik uchun foydali mahsulotlar. Ammo ularni bolalar qanday shaklda va miqdorda iste’mol qilganlari ma’qul? Qovurilgan, qaynatilgan, dudlangan, dimlangan… Qay bir usulda pishirilgan taomlarni kichkintoylarga berish maqsadga muvofiq? Qo‘llanilgan masalliqlar nisbati qanday bo‘lishi lozim?
“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da, namunaviy taomnomaga qo‘yiladigan talablar ham belgilangan.
🍱 Xususan, unda bir taomning miqdoriy tarkibi, energetik va ozuqaviy qiymati, vitamin va mineral moddalar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishi lozim. Taomlar va pazandalik mahsulotlari mavjud taom tayyorlash resepturalari to‘plamiga muvofiq pishiriladi.
🧾 Namunaviy taomnomada ovqat va pazandalik mahsulotlarining nomi taom tayyorlash resepturalari to‘plamidagi nomi bilan mos kelishi kerak.
❗️O‘quvchilar uchun taomnoma ishlab chiqishda taomlarning yangi tayyorlanishi, sovugan taomga qayta termik ishlov berilmasligi e’tiborga olinadi. Namunaviy taomnomaga bir taom yoki pishiriq mahsulotlari bir kunning o‘zida takroran hamda ketma-ket 2 kun kiritilmaydi.
✅ Namunaviy taomnomada energetik qiymatining mutanosib taqsimlanishi hisobga olinib, alohida bir, ikki, uch, to‘rt marotaba ovqatlanishda kaloriyalar sanitariya qoidalariga muvofiq foiz ko‘rinishida beriladi. Kaloriya miqdori har bir ovqat uchun belgilangan normadan 5 foizgacha oraliq farqqa yo‘l qo‘yilishi mumkin.
📊 Kunlik ovqatlanish rasionining optimal ozuqaviy nisbati oqsillar hisobiga 10 — 15 foiz, yog‘lar hisobiga 30 — 32 foiz, uglevodlar hisobiga 55 — 60 foiz, kalsiyning fosforga nisbati 1:1,5 tarzda bo‘lishi lozim.
🫕 O‘quvchilarning ovqatlanishida parhez tamoyiliga rioya qilinadi. Bunda ovqat tayyorlashda qaynatish, bug‘lash, dimlash, qovurish va toblash xususiyatlariga e’tibor beriladi.
🧈🥩 Kunlik ovqatlanish rasioni tarkibiga go‘sht, sut, sariyog‘ va o‘simlik yog‘i, bug‘doy noni (har bir ovqatlanishda) kiritiladi.
🍳 Baliq, tuxum, pishloq, tvorog, sut mahsulotlarini ikki-uch kunda bir marta berish tavsiya etiladi.
🌅 Nonushta salat, issiq ovqat va issiq ichimlikdan iborat bo‘ladi. Sabzavot va mevalar berilishi tavsiya etiladi.
🌇 Tushlik tarkibiga salat, birinchi va ikkinchi taom (asosan go‘sht, baliq yoki parranda go‘shtidan tayyorlangan issiq ovqat) va ichimlik kiradi.
🥗 Salat yangi uzilgan yoki tuzlangan bodring, pomidor, karam, qizil lavlagi, sabzi, qovoq va yangi ko‘katlar qo‘shilgan holda tayyorlanadi.
🥒 Porsiyalangan sabzavotlar (qo‘shimcha garnir)dan ham foydalanish mumkin. Ta’mni yaxshilash maqsadida salatga sarxil yoki quritilgan mevalar: olma, olxo‘ri, mayiz va yong‘oq qo‘shish mumkin.
🌆 Ikkinchi tushlikda ichimlik (sut, sut mahsulotlari, kisel, sharbat) bilan birga bulochka yoki kremsiz (tvorogli) qandolat mahsulotlari tavsiya etiladi.
🏙 Kechki ovqat sabzavotli (sutli) taom yoki bo‘tqa: ikkinchi asosiy ovqat (go‘sht, baliq yoki parranda go‘shti), ichimlik (choy, sharbat, kisel)ni o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ravishda mevalar yoki sut mahsulotlari, bulochka yoki kremsiz qandolat tavsiya etiladi.