Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

O‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.D. va T.S. fuqaro A.A.ga go‘yoki viloyat YHHB ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berish berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.A. fuqaro S.E.ga tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 100 AQSh dollari va 1,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:19 30.05.2023. O'qildi: 978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!