Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

«O‘qituvchi o‘quvchini urib, burnini qonatdi»: Bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda

«O‘qituvchi o‘quvchini urib, burnini qonatdi»: Bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘qituvchi o‘quvchini urib, burnini qonatdi» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda❕

🖇 Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, joriy yilning 9 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi 5-sinf o‘quvchisi (2013 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) M.P.ning sinfdoshlariga go‘yoki noo‘rin gaplarini aytganini eshitib, bolaning yuziga urgan.

Voyaga yetmagan M.P. tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, unda quloq, burun va yuz sohasida jarohat aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu borada qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.

Kiritildi: 21:21 09.10.2024. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!