Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, ammo onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar DIQQATIGA!

O‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, ammo onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar DIQQATIGA!

2020/2021 o‘quv yiliga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil 14-15 oktyabr kunlari onlayn test sinovlari o‘tkaziladi.

Onlayn test sinovlari o‘tkaziladigan manzil va aniq vaqti onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan «ruxsatnoma»da qayd etiladi.

Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar «ruxsatnoma»larni joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.

Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o‘z vaqtida fuqarolik PASPORTI (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan «RUXSATNOMA» bilan kelishlari talab etiladi.

Kiritildi: 19:51 10.10.2020. O'qildi: 2064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!